14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni! Qashqadaryo viloyati mintaqaviy bo'linmasi
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining Qashqadaryo viloyati mintaqaviy bo‘linmasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganliginligini 33 yillik munosobati institut yigitlari o‘rtasida sport o‘yinlari musoboqasi bo‘lib o‘tdi.
– Azaldan sport tinchlik elchisi bo‘lib, u tenglik va o‘zaro hurmatni targ‘ib qiladi, insonlarni olg‘a intilish va yuqori cho‘qqilarga dadil ko‘tarilish sari ruhlantiradi – deydi, – bo‘linma rahbari Hikmatilla Bo‘riyev.
– Bugun mamlakatimiz bo‘ylab Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanyapti. Fursatdan foydalanib ushbu bayram munosabati bilan barcha hamkasblarimizni, yurtdoshlarimizni samimiy muborakbot etamiz!
Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik abadiy bo‘lsin!
TATI Qashqadaryo viloyati mintaqaviy bo'linmasi jamoasi!
Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining bir gurux xodimlari Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan «Galaba bogi» yodgorlik majmuasi va «Shon-sharaf» davlat muzeyiga tashrifi tashkillashtirildi.
G‘alaba bog‘i xalqimizning g‘alabaga qo‘shgan hissasini namoyon etishi, ota-bobolarimizning qahramonligini abadiylashtirish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan tashkil etilgan.
Muzeyda Ikkinchi jahon urushida jasorat ko‘rsatgan o‘zbekistonliklar haqidagi ma’lumotlar, o‘sha davrlar ruhini to‘liq his etishga imkon beruvchi eksponatlar o‘rin olgan.
Xodimlarimiz «Shon-sharaf» davlat muzeyi eksponatlari va «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasining boshqa ko‘plab monumentlari bilan, shuningdek bu yerda Ikkinchi jahon urushi shonli tarixini ifodalovchi muhiti, vatandoshlarimiz qatnashgan janglar haqidagi ma’lumotlar aks etilgan barcha noyob eksponatlar bilan tanishishdi.
INSTITUT HUZURIDAGI IXTISOSLASHGAN ILMIY KENGASHI QOSHIDAGI ILMIY SEMINARNING MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
🟢Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
➡️Yig‘ilishni biologiya fanlari doktori, professor Nodirjon Abduraxmonov olib bordi.
✅Yig‘ilish BOBONOROV BEKZOD BOYMIRZAEVICHning “TABIIY OFAT YUZ BERGAN HUDUD TUPROQLARINING HOLATI, UNUMDORLIGINI QAYTA TIKLASH YO‘LLARI” (Sardoba suv ombori ta’siri misolida)” 03.00.13 -“Tuproqshunoslik” ixtisosligi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishini muhokamasiga bag‘ishlandi.
✅Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
✅Shundan so‘ng kengash a’zolari va yig‘ilganlar tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
💬Muhokamalarda kengash a’zolari tomonidan talabgor BEKZOD BOBONOROVga taklif, tavsiyalar berildi va keying bosqichga o‘tishi ma’qullandi.
YIL OLIMLARI
TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYOVIY TADQIQOTLAR INSTITUTI
⌛ “SCIENCE AND INNOVATION” nashiryoti tomonidan Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi 2024 to‘plami taqdim qilindi.
🌟Ensiklopediyada yurtimizning yuzdan oshiq yetakchi olimlarining ilmiy faoliyati va yutuqlari aks etgan biografiyalari jamlangan. Jumladan:
🌟 - Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida faoliyat yuritayotgan /2 nafar/ yetuk olimlarining ham tuproqshunoslik sohasi rivojlanishiga qo‘shgan hissasi yoritilgan. Tuproqshunoslik sohasida ularning izlanishlari, innovatsiyalari va tajribalarini har tomonlama tahlil qilish orqali tizimdagi muammolar oldida erishgan yutuqlariga oydinlik kiritilgan.
⚡️ Bugun mamlakatimizda ilm ahlining o‘rni va mavqeini yuksaltirish, yosh olimlarning yangi avlodini tarbiyalash, istiqbolli loyihalarini rag‘batlantirish borasida muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda.
🌟 Institut Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimining eng muhim ahamiyat kasb etuvchi - tuproqshunoslik soha yo‘nalishlaridan biridir.
⭐️ Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi 2024 to‘plamida
Institut direktori, biologiya fanlari doktori Shuxrat Mehribonovich Bobomurodov
⭐️ Instituti direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari biologiya fanlari doktori, professor Abduraxmonov Nodirjon Yulchiyevich
🔤kabi tuproqshunos olimlarining ilmiy tadqiqotlari: tuproqlarimizning tarixiy sharoiti, bugungi holati, muammolar va istiqbollari soha rivojida ularning muhim roli keng yoritilib e’tirof etilgan.
🌟 Albatta olimlarimizning bunday ijobiy natijalarga erishishda avvalo yurtboshimiz tomonidan tuproqshunoslik sohasiga berilayotgan e’tiborlari, hamda vazirlik hamda yuqori tashkilot va idoralar bilan hamkorlikdagi olib borayotgan ilmiy va amaliy ishlarning yuksak samarasi desak o‘rinli bo‘ladi.
🌟Eslatma:
“SCIENCE AND INNOVATION AWARDS” tadbiri Uchinchi Renessans ostonasida turgan "Yangi O‘zbekiston" ilm-fanining darg‘alari g‘oliblariga berilgan mukofot olimlarning sermahsul faoliyatini rag‘batlantirish, ziyolilar mavqeini yanada ko‘tarish hamda yoshlar o‘rtasida ilmiy faoliyat bilan professional shug‘ullanishni ommalashtirishga qaratilgan.
📆Ана шу мақсадда 2024-yil 21-dekabr kuni “Turkiston” san‘at saroyida yilning eng tantanali ilm-fan bayrami “Science and innovation awards” bo‘lib o‘tadi!
✨Tadbirda: “Yil olimi”, “Yilning eng yaxshi yosh olimi”, “Yilning eng yaxshi Oliy ta’lim muassasasi” va “Yilning eng yaxshi ilmiy tadqiqot instituti” bo‘yicha nominatsiyalar g‘oliblari aniqlanadi.
🌟 Ushbu nufuzli bayram institut tarixidagi eng unitilmas bayram bo‘lishiga umid qilamiz…
✍️Instiut matbuot xizmati.
Konstitutsiya_kuni
⚡️Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining navbatdagi ma'naviyat va ma'rifat soati Konstitutsiyamizning 32 yilligi shonli sanasiga bag'ishlandi.
🌟Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizda inson qadrini ulug‘lash, huquq va manfaatlarini himoyalashga yo‘naltirilgan. Yurtimizda keyingi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami va turlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
🌟“Odamlar ertaga yoki uzoq kelajakda emas, bugun yaxshi yashashni istaydi”. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z faoliyatining ilk davrlarida ilgari surgan ushbu g‘oya zamirida xalqimiz hur, erkin, farovon hayot kechirishi, farzandlarimiz hech kimdan kam bo‘lmay, har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi, jamiyatimizda tenglik va adolat tamoyillari barqaror bo‘lishiga erishishdek ulkan maqsadlar o‘z aksini topgan.
🌟Institutning barcha ahil jamoasi uchun “KONSTITUTSIYAM-FAXRIM” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda yangi tahrirdagi Bosh qomusimizning mazmuni va mohiyati, mamlakatimizning porloq kelajagi amaldagi Konstitusiya va undagi qonunlar bilan bevosita bog‘liq ekanligi haqida ma’ruzalar o‘qib eshittirildi va fikr-mulohazalar bildiriladi.